Koʻpchilik chekuvchilar chekib olish stressni bartaraf qilishda yordam beradi deb oʻylaydi. Aslida esa tamaki tashqi muammolarni hal qilmaydi, balki o‘zi yaratgan nikotinga chanqoqlik hissini 15-20 daqiqaga so‘ndiradi, xolos. Inson cheksiz hissiy “arg‘imchoq”larning yopiq doirasiga tushib qoladi. Bundan tashqari, kognitiv funksiyalar ham zarar ko‘radi.
Nufuzli ilmiy The Lancetʼda eʼlon qilingan keng qamrovli
tadqiqotda quyidagi holat isbotlandi: chekishni tashlash miyani erta qarishdan himoya qiladi. Olimlarning aniqlashicha, chekishni tashlagan odamlarda xotira
20 foizga sekinroq yomonlashgan, nutq qobiliyati soʻnishi esa
ikki baravar sekinlashgan. Eng muhimi, bu tiklovchi ta’sir mutlaqo har qanday yoshga tegishli.