Chekish, alkogolizm, qand kasalliklari, kam harakatli turmush tarzi va salbiy oqibatlarga olib keluvchi infeksion boʻlmagan kasalliklar zararini kamaytirish haqida soʻzlab bermoqchimiz.
Maqsadimiz - Oʻzbekiston aholisining har biri oʻz odatlaridan zarar koʻrishini kamaytirish. Bu ishlarni bugun boshlasak, kelajakda nafaqat biz uchun, balki butun dunyo uchun ham yaxshi boʻladi.
Oʻzbekistonda 1-raqamli kasalliklardan oʻlim va kasalliklar sababi – bu qon tizimi va yurak kasalliklaridir.
Yoshdan tashqari bu kasalliklarning asosiy sabablari – bu zararli odatlar: spirtli ichimliklarni meʼyordan ortiq ichish, sigaret chekish, kam harakat qilish va sogʻlom ovqatlanmaslik. Aynan shu omillar umrimizni ikki baravar qisqartiradi va surunkali kasalliklar bois 80% oʻlim sababiga aylanadi.
Zararni kamaytirish – sogʻlik uchun zararli odatni taqiqlashga emas, balki sogʻlikni saqlash borasida uning salbiy oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan jahon trendi.