проект, посвящённый концепции снижения вреда в Центральной Азии
Is gazining eng xavfli xususiyati – uning na hidi, na taʼmi va na rangi borligi. Inson uni sezmaydi, ammo uch marta nafas olish undan oʻlim topish uchun yetarli.

Is gazi nimasi bilan xavfli va undan qanday saqlanish mumkin?
Sigaret tutuni, yongʻin, erta yopilgan pech, notoʻgʻri sozlangan gaz plitasi, avtomobildan chiquvchi chiqindi gazlar is gazining manbalari sanaladi. Yongʻinlarda odamlar koʻpincha aynan zaharlovchi tutundan nafas olish oqibatida halok boʻlishadi.

Is gazi organizmga tushganda, gemoglobin tana boʻylab kislorodni emas, balki is gazini tashiydi. Buning natijasida organizmda xavfli modda – karboksigemoglobin hosil boʻladi. Tananing turli qismlarida kislorod miqdori kamayadi, chunki gemoglobin bunday qismlarga ortiq kislorod yetkazib bermaydi. Inson boʻgʻila boshlaydi. Yurak bir marta urishda organizmga deyarli bir stakan qon haydaydi va is gazi oʻpkalar orqali tananing boshqa qismlariga tez yetib boradi.

Is gazining zaharli taʼsiri juda tez va past konsentratsiyalarda namoyon boʻladi. Havoda hattoki juda kam miqdorda boʻlsa ham (koʻpi bilan 0,08) boʻgʻilish va bosh ogʻrigʻiga sabab boʻladi.

Is gazi va chekish

Maishiy sharoitda is gazining paydo boʻlishiga har doim ham biz nazorat qila olmaydigan baxtsiz hodisa deb qaralsa, chekuvchilar oʻzlari bilgan holda oʻzlarini zaharlashadi.

Sigaret tutuni tarkibida 2-6% miqdorda is gazi mavjud va u chekuvchining (ham faol, ham passiv chekuvchi) oʻpkasiga tushadi. Kislorod yetishmasligidan butun organizm aziyat chekadi: qon quyuqlashadi, yurakka yuklama ortadi, infarkt va insult xavfi oshadi, mushaklar va nerv ish faoliyati buziladi. Va bu salbiy oqibatlarning oz qismi xolos.

Qayd etish joizki, uglerod oksidi organizmdan kirishiga qaraganda ancha sekin chiqib ketadi. Chekuvchining qoniga tushgan is gazining 50% qismidan qutulish uchun sakkiz soat kerak boʻladi. Sigaret chekuvchi odam oʻz salomatligiga asta-sekin, ammo haqiqatan ham zarar yetkazgan holda surunkali intoksikatsiyani boshdan kechiradi.

Zararni kamaytirish mumkinmi?

Is gaziga duch kelishdan saqlanish va salomatlik uchun xavfni kamaytirishning eng yaxshi usuli – chekishni tashlash. Har bir chekuvchi inson oʻzining sevimli odati xavfli ekanini biladi, biroq jismoniy va ruhan bogʻlanib qolish bois hamma ham bu odatni birdan tashlashga qodir emas. Zararli odatni tashlashga hali tayyor boʻlmagan aqlli chekuvchilar, yonish jarayoni va tutundan xolos boʻlgan hamda shu bilan birga sogʻliqqa xavfni kamaytirgan holda, nikotin qabul qilishning zararsizroq usullarini qidirishadi.

Sigaretlarda tamaki 1000 ℃ haroratda yonadi – tarkibida 6000 kimyoviy birikmalar, jumladan is gazi mavjud tutun hosil boʻladi. Tutunsiz qurilmalar esa tamakini 350 ℃ haroratgacha qizdiradi, buning natijasida aerozol ajraladi. Tamaki tutuni bilan qiyoslaganda aerozoldan zararli moddalar 95% ga kamroq ajraladi.

“Koʻrinmas qotil” nima? 2008-2016-yillarda oʻtkazilgan, sotuv nuqtalarida “Bozor xaritasi” nomli tadqiqotlar quyidagilarni koʻrsatdi:

Faqat tutunsiz qurilmalardan foydalanuvchilar nafas oladigan havoda, oddiy sigaret chekuvchilarga qiyoslanganda, is gazi 98,6% ga kamroq.

Zararni kamaytirish qarorini qabul qilayotganda chekuvchi har qanday chekish muqobili mutlaqo xavfsiz emasligini tushunishi kerak. Tutunsiz muqobillar tarkibida ham oʻrganib qolishga sabab boʻluvchi nikotin mavjud. Shu bois tamaki va nikotindan toʻliq voz kechish har doim eng toʻgʻri qaror boʻladi.

ASOSIY ZARAR NIKOTINdan EMAS!
Asosan tamaki yonishi va tutunda hosil boʻladigan zararli moddalar organizmga zarar yetkazadi. Nikotin emas, aynan ular chekishda asosiy xavf omilidir.

Tamaki tutuni tarkibida 6000 kimyoviy modda mavjud boʻlib, shundan 69 tasi xavfli moddalardir. Aynan ular saratonning 12 turi, emfizema, insult va boshqa xavfli kasalliklarga sabab boʻladi.

Tamaki qizdirish tizimlarida yonish jarayoni yoʻq va ularda tutun hosil boʻlmaydi – shu sababli organizm uchun xavf oddiy sigaretlarga nisbatan kamida 95% ga kamayadi
JARAYONI BOʻLMASLIGI MUHIM
Chekish, alkogolizm, qand kasalliklari, kam harakatli turmush tarzi va salbiy oqibatlarga olib keluvchi infeksion boʻlmagan kasalliklar zararini kamaytirish haqida soʻzlab bermoqchimiz.
Maqsadimiz - Oʻzbekiston aholisining har biri oʻz odatlaridan zarar koʻrishini kamaytirish. Bu ishlarni bugun boshlasak, kelajakda nafaqat biz uchun, balki butun dunyo uchun ham yaxshi boʻladi.

Markaziy Osiyoda zararni kamaytirish konsepsiyasiga bagʻishlangan loyiha
Oʻzbekistonda 1-raqamli kasalliklardan oʻlim va kasalliklar sababi – bu qon tizimi va yurak kasalliklaridir.

Yoshdan tashqari bu kasalliklarning asosiy sabablari – bu zararli odatlar: spirtli ichimliklarni meʼyordan ortiq ichish, sigaret chekish, kam harakat qilish va sogʻlom ovqatlanmaslik. Aynan shu omillar umrimizni ikki baravar qisqartiradi va surunkali kasalliklar bois 80% oʻlim sababiga aylanadi.
Zararni kamaytirish – sogʻlik uchun zararli odatni taqiqlashga emas, balki sogʻlikni saqlash borasida uning salbiy oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan jahon trendi.
YONISH
TAQIQLAR ISH BERMAYDI!
Uchta chekuvchidan kamida ikkitasi chekishni tashlashni istaydi, chekuvchilarning yarmi har yili bunga urinib koʻradi, ammo 10 ta chekuvchidan atigi bittasi buni uddalaydi.
Tadqiqotlar parhez vaznning buzilishi va ancha oshishiga olib kelishini, alkogoliklarning 90% qismi terapiyadan keyingi toʻrt yilda muvaffaqiyatsizlikka uchrashini koʻrsatdi.

Shu sababli, sogʻligingiz va kelajagingizga befarq boʻlmasangiz – bizga obuna boʻling va yangiliklardan xabardor boʻlib turing!

Biz bilan birga chekish zararini kamaytiring!